Eron harbiylari mamlakat sarhadlariga qarshi har qanday yangi harbiy harakatlar Vashington va uning mintaqadagi sheriklari uchun yanada qaqshatqich oqibatlarga olib kelishini maʼlum qildi. Chorshanba kuni general Amir Hotamiy Eron qurolli kuchlari dushmanning har qanday tajovuziga murosasiz va keskin javob qaytarishga toʻliq tayyor ekanini taʼkidladi.
Avvalroq Eronning rasmiy IRNA axborot agentligi AQSH kuchlari Fors koʻrfazidagi Qeshm oroliga zarba bergani, biroq bu hujum jiddiy talofatlarga sabab boʻlmagani haqida xabar tarqatgan edi. Shu bilan birga, Quvayt va Bahrayn mudofaa tizimlari oʻz havo kengliklarida nishonlarni tutib qolganini bildirgan. Bu holat Yaqin Sharqdagi harbiy vaziyat nihoyatda qaltis pallaga kirganini koʻrsatmoqda.